Bosh prokuratura Toshkent shahrida mayning ferma tashkil etgan xonadonni aniqladi.

Xususan, Yunusobod tumanidagi “Chingiz Aytmatov” ko‘chasida uyning yerto‘lasida mayning fermasi aniqlandi.

Fuqaro A.R. 4ta to‘plamdagi “Antminer” va “Bitmain Technologies” mayning qurilmalarini ijorat maqsadida elektr tarmog‘iga yashirincha ulanib, jami 236,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Shuningdek, Departamentning Andijon shahar bo‘limi, DXX, IIB va “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda shunday holatlar aniqlandi.

Xususan, Andijon shahridagi “Navbahor” hamda “Hamkorlik” MFY hududidagi xonadonda yashovchi 2 nafar fuqaro o‘z uylarida jami 11 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga yashirincha ulagan.

Buning natijasida ular tomonidan jami 159,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Avvalroq “Spot” Toshkent viloyatida mayning ferma 700 mln so‘mdan ortiq elektrni talon-toroj qilgani haqida yozgandi.

Fuqarolar mayning kripto-aktivlari qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelgan.