Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yanvar oyida qo‘shilgan va joriy yilning aprel oyida kuchga kirgan 155−4-modda kripto-aktivlarni noqonuniy egallash, sotish yoki almashtirish bilan bog‘liq javobgarlik belgilangan. Unda 15 sutkagacha qamoqqa olish yoki BHMning 20 dan 30 baravarigacha (6,8−10,2 mln so‘m) jarima solish nazarda tutilgan.


Avvalroq “Spot” surxondaryolik talaba Notcoin sotgani uchun 10 sutkaga qamalgani haqida yozgandi.

Sud yigitni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 155−4-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topib, unga tegishli “Galaxy A30” telefoni va bank plastik kartasi tegishli tartibda yo‘q qilinishi belgilagandi.

Ushbu xabarni “X” ijtimoiy tarmog‘idagi kriptoyangiliklar ulashib boruvchi “Web3_Vibes” sahifasi ulashdi. Uning ostida esa Notcoin’ning rasmiy sahifasi yigitga yordam berishga tayyorligini bildirdi va mazkur holatga e’tiborini qaratdi.

“Uni qanday topish mumkin? Biz [unga] yangi iPhone yuborishga tayyormiz”, deya javob bergan Notcoin.

“Web3 Vibes” talaba uchun “bu ajoyib bo‘lardi” degan fikrga qo‘shildi. Nashr, shuningdek, kripto-aktivlarning noqonuniy muomalasi uchun O‘zbekistondagi joriy javobgarlikni eslatib o‘tdi.