Toshkent metropoliteni bayram kunlari poyezdlar qanday harakatlanishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qurbon hayiti ayyomi kunida metro poyezdlari harakati odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni soat 03:00dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Bundan tashqari, Qurbon Hayiti bayrami kunida barcha yo‘lovchilar uchun Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, qo‘shimcha dam olish kunlarida — 11,12,14-aprelda metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadvalda harakatlanadi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, bayramning birinchi kuni 16-iyun, yakshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Shu munosabat bilan qo‘shimcha ikki dam olish kuni tasdiqlanadi.

Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun — dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18-iyun — seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.