Qurbon hayiti kuni Toshkent shahrida yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklanadi .Bu haqda IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Cheklovlar 16-iyun, yakshanba kuni soat 00:00dan 10:00gacha amal qilib, yuk tashuvchi transport vositalarining poytaxtga kirishi va chiqishi hamda shahar ichida harakatlanishiga ham tegishli hisoblanadi.

Bundan tashqari, hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan soat 00:00dan 07:00ga qadar katta masjidlar yaqinida avtotransport vositalari harakati cheklanadi. Joylar ro‘yxati.

hayit namozi, ko'chalar, qurbon hayiti, yuk mashinalari

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, bayramning birinchi kuni 16-iyun, yakshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Shu munosabat bilan qo‘shimcha ikki dam olish kuni tasdiqlanadi.

Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun — dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18-iyun — seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.

“Uzbekistan Airways” Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi e’lon qildi.

Parvozlar 15−18 iyun kunlari oralig‘ida Buxoro, Urganch, Farg‘ona, Termiz, Samarqand hamda Namangan shaharlariga amalga oshiriladi.

Shuningdek, bayram kunlari Toshkent metrosi qanday ishlashi ma’lum qilindi.

Qurbon Hayiti kuni metro harakati odatdagidan ikki soat oldin — 03:00dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.