“Uzbekistan Airways” kompaniyasi qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan tashkil etilayotgan qo‘shimcha reyslar 6ta mahalliy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi.

Parvozlarning uchish vaqti quyidagicha:

  • Toshkent — Namangan — Toshkent — 15-iyun;
  • Toshkent — Buxoro — Toshkent — 15, 17, 18-iyun kunlari;
  • Toshkent — Termiz — Toshkent — 15, 16, 17, 18-iyun kunlari;
  • Toshkent — Samarqand — Toshkent — 16-iyun kunlari;
  • Toshkent — Urganch — Toshkent — 16, 18-iyun kunlari;
  • Toshkent — Farg‘ona — Toshkent — 17-iyun kunlari.

Parvozlar jadvali bilan aviakompaniya saytida tanishish mumkin.

Aviachiptalarni havola orqali onlayn hamda “Uzbekistan Airways Sales” filialida yoki aviakompaniya agentlarida xarid qilish mumkin.