11-iyundan boshlab milliy marketpleys 15 guruhdagi tovarlar uchun komissiya stavkalarini tushirmoqda. Endi Uzum Market`da savdo qilish yanada manfaatli bo‘ladi.
Quyidagi tovarlar sotuvchilari uchun komissiyalar 2,5 karra, ya’ni 25 foizdan 10 foizgacha pasaydi:
- futbolka, ko‘ylak, tugmasiz yaktakcha;
- polzunka va ishtoncha;
- yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun kiyim;
- ko‘ylak va yubka;
- ichki kiyim;
- jemper va tolstovka;
- ustki kiyim;
- bodi va kombinezon;
- kostyum va komplektlar;
- paypoq, boshmoqcha;
- yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun qalpoqcha, chepchik va qo‘lqopcha.
Shuningdek, Uzum Market quyidagi tovarlar sotuviga belgilangan komissiyalar miqdorini ham tushirdi:
- suvni filtrlash tovarlari — 30 foizdan 20 foizgacha;
- aravacha va zambilg‘altak — 20 foizdan 15 foizgacha;
- kultivatorlar — 20 foizdan 10 foizgacha;
- kuchlanish stabilizatorlari — 10 foizdan 7 foizgacha.
“Bolalar uchun mahsulotlar, uy-ro‘zg‘or va bog‘ uchun mollar, elektronika — bular Uzum Market`da juda yuqori talabga ega tovarlar hisoblanadi. Shunday qilib, yozning birinchi ikki haftasida bog‘ ishlariga zarur tovarlarga va konditsionerlarga talab oshmoqda, kuchlanish stabilizatorlari esa shahar atrofida yashovchi omma va kichik aholi manzillarida yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bolalar kiyim-kechaklari esa har qanday onlayn platformaning eng ko‘p sotiladigan mahsulotlaridandir. Ayni paytda ushbu turkumlardagi mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi sotuvchilar yangi mijozlarni faol jalb etishi mumkin, biz esa platforma sifatida butun mamlakat bo‘ylab 86 ta aholi punktida yashovchi kishilarga yanada manfaatli narxlarda zarur tovarlarni tanlash imkoniyatini yaratib beramiz”, — dedi Uzum Market`ning sotuvchilarni jalb etish va rivojlantirish departamenti direktori Artyom Gerasimov.
1-maydan boshlab Uzum Market tovarlar turkumi bo‘yicha komissiyalarni hisob-kitob qilishning yangi mexanizmini ishga tushirdi, bu esa marketpleysga shartlarning shaffofligini ta’minlash uchun komissiya stavkalarini yanada qulay tartibga solish, sotuvchilarga esa tovarlar marjasini yanada samarali hisoblash imkonini beradi.
Bugun Uzum Market milliy marketpleysida butun mamlakat bo‘ylab 10 mingdan ortiq tadbirkor va kompaniyalar o‘z mahsulotlarini sotmoqda. Shu yil oxirigacha marketpleys buyurtmalarni topshirish punktlari tarmog‘ini uch karra ko‘paytirib, barcha shaharlar va 10 mingdan ziyod aholi istiqomat qiluvchi shaharchalarni qamrab olmoqchi. Bundan tashqari, assortimentni 2 mln tovar birligigacha kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Reklama huquqlari asosida.