O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 614,80 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 6 so‘m 21 tiyinga pasaydi.
Bungacha dollar kursi 10-iyun, 7-iyun, 6-iyun, 23-may, 24-may, 27-may, 28-may, 29-may, 30-may va 31-may kunlari pasaygandi.
15-may kuni dollar kursi yana rekord darajani qayd etib, 12 727 so‘mni tashkil etgandi.
2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tgandi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.