Paynet Visa bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani haqida eʼlon qildi — endi dastur foydalanuvchilari istalgan Visa kartasidan virtual Paynet-kartalariga past komissiya bilan o‘tkazmalar va to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
Paynetning qayd etishicha, ushbu funksiya doimiy sayohatchilar, xorijda taʼlim oladigan talabalar va asosiysi — chet elda istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga manzur bo‘ladi. Sababi bunday turdagi o‘tkazmalarni amalga oshirish uchun UZCARD yoki HUMO kartalari bo‘lishi shart emas.
Foydalanuvchi ilovada virtual Paynet kartasini ochishi, so‘ng Visa`dan past komissiya bilan unga pul mablag‘larini konvertatsiya qilishi mumkin.
Konvertatsiya Markaziy bank kursi bo’yicha amalga oshiriladi.
Konvertatsiyadan so‘ng, foydalanuvchi har qanday mahalliy to‘lovlarni — kartadan kartaga o‘tkazmalardan tortib, uy-joy kommunal va davlat xizmatlari uchun to‘lovlargacha amalga oshirishi mumkin.
Bundan tashqari, konvertatsiya va virtual Paynet kartasi to‘ldirilgandan so‘ng, foydalanuvchilar quyidagi imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin:
- Paynet shoxobchalarida naqd pul yechish;
- boshqa Paynet-kartalarga mablag‘larni foizsiz o‘tkazish;
- HUMO va Uzcard kartalari o‘rtasida pul o‘tkazmalarini past komissiya bilan amalga oshirish.
O‘tkazmalar uchun nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ochilgan Visa kartalari ham qabul qilinadi.
Paynet platformasi orqali 1500 dan ortiq xizmat yetkazib beruvchilari to‘lovlarni qabul qilishadi, jumladan, uy-joy va kommunal xizmatlar, internet va mobil aloqa uchun to‘lovlar amalga oshiriladi.
Bugungi kunda Paynet xizmatlaridan kuniga 2 milliondan ortiq odam foydalanadi.
Сайт: paynet.uz
Instagram: @paynet.uzb
Telegram: t.me/Paynetuz_official
Reklama huquqlari asosida.