Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Paynet Crypto” kripto-depozitariysi va kripto-do‘konining litsenziyasini 10 kunga to‘xtatdi.
Kompaniya litsenziyasini to‘xtatish haqidagi qaror 12-iyundan kuchga kirdi, deya ta’kidladi agentlik.
NAPPning qayd etishicha, litsenziya amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida kripto-aktivlar bilan operatsiyalar amalga oshirish ta’qiqlanadi.
“Paynet Crypto” 2023-yilda mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olgan ikkinchi kompaniya bo‘lgandi.
O‘tgan yili 21-iyunda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan “Lockton Hub” MChJga O‘zbekiston hududida kripto-depozitariy faoliyatini amalga oshirish uchun birinchi litsenziya berilgandi.
Joriy yil 1-may kuni NAPP yana bir kompaniyaga kripto-depozitariy faoliyati uchun litsenziya berdi.
“Japan DXT” “Lockton Hub” hamda “Paynet Crypto"dan keyingi uchinchi kompaniya bo‘ldi.
Avvalroq “Spot” NAPP “New Life Sug‘urta” kompaniyasining litsenziyasini bekor qilgani yozgandi.
Agentlik kompaniya ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarini bajarishi kerakligini qayd etdi.