“Google” kompaniyasi “YouTube"ga yangi xususiyat qo‘shdi. Bu haqda “hi-tech.mail” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, kompaniya “Google Lens” xizmatini videoxostingga birlashtirgan.

“Google Lens” — bu fotosuratlarni qidiradigan yordamchi dastur. Ilgari, yordamchi dastur faqat iOS va Android uchun Google mobil ilovasida ishlagan bo‘lsa, endi u “YouTube"da ham mavjud bo‘ladi.

“YouTube"da fotosuratlarni qidirishni boshlash uchun yuqoridagi qidiruv panelini va kvadrat linza belgisini qidirish kerak.

Ilova kameraga kirish uchun ruxsatni so‘raydi va eyin “Google Lens” ochiladi.

Kamerani kerakli obyektga yo‘naltirish va kattalashtiruvchi oyna ko‘rinishidagi “Izlash” tugmasini bosish kerak.

google lens, youtube

Yangilik allaqachon Android uchun “YouTube"ning mobil versiyasida mavjud. Bu xususiyat iPhone’da keyinroq paydo bo‘ladi. Yangilanish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Agar foydalanuvchi “YouTube"ning so‘nggi versiyasini o‘rnatgan bo‘lsa, biroq yangi xususiyatni topilmagan bo‘lsa, biroz kutish kerak bo‘ladi.


Avvalroq “Spot” “YouTube” o‘yinlar bo‘limini ishga tushirgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, uning yordamida foydalanuvchilar tasodifiy o‘yinlar o‘ynashlari mumkin.