Yangilandi: Kompaniya avariya-tiklash ishlari yakunlangani, mobil internet va boshqa xizmatlar barqaror holatga qaytgani haqida ma’lum qildi.


Seshanba kuni “Beeline” uyali aloqa operatori abonentlari ijtimoiy tarmoqlarda mobil internet va boshqa xizmatlar ishidagi nosozliklar haqida shikoyat qilishdi.

“Beeline Uzbekistan” matbuot xizmati tarmoqda avariya ishlari olib borilayotgani va shu sababli foydalanuvchilar bir qator xizmatlarning ishlashida uzilishlarga duch kelishi mumkinligi haqida xabar berdi.

“Tarmoqda avariya-tiklash ishlari o‘tkazilmoqda. Shu sababdan internet xizmatlari va boshqa servislar ishlashi bilan bog‘liq qisqa vaqtli uzilishlar kuzatilishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Kompaniya, shuningdek, noqulayliklar uchun abonentlardan uzr so‘radi va yaqin orada xizmatlarni to‘liq ishlashiga qaytarishga va’da berdi.


Avvalroq “Spot” “Humo” Qirg‘iziston va Qozog‘istonda uzluksiz to‘lovlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek, kelgusida to‘lov tizimi Ozarbayjon va Turkiya bozorlariga chiqish niyatida.