“Apple” korporatsiyasi “iPhone”, “MacBook Pro” va “Apple Watch “modellarini qayta ishlab chiqmoqchi, bu esa qurilmalarni ancha yupqaroq qiladi. Bu haqda “Bloomberg” kompaniyadagi manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Avvalroq kompaniya qalinligi taxminan 5,1 mm bo‘lgan eng yupqa 13 dyuymli “iPad Pro"ni taqdim etgan edi.

“Bloomberg” manbasiga ko‘ra, allaqachon taqdim etilgan yupqa “iPad Pro” — bu kompaniya mahsulotlarni o‘z sinfidagi eng nozik va yengilroq qilishni xohlaydigan yangi “Apple” strategiyasining boshlanishi hisoblanadi.

2025-yilda chiqarilishi rejalashtirilgan “iPhone 17” mutlaqo yangi dizaynga ega bo‘ladi va hozirgi avlod iPhone’dan sezilarli darajada yupqaroq bo‘ladi.

Shuningdek, “Apple Watch” va “MacBook Pro"ning yangi versiyalari ham avvalgi versiyalariga qaraganda yupqaroq shaklni oladi.

Avvalroq “The Infromation” “Apple” yupqa iPhone ishlab chiqilishi haqida xabar bergandi. Nashr manbalariga ko‘ra, smartfon dizayni sezilarli darajada o‘zgarishi mumkin.

“Apple” gadjetni yangi avlod protsessorlari bilan ham jihozlashi mumkin. Qurilma iPhone 17 bilan bir vaqtda paydo bo‘lishi mumkin va Pro Max modelidan qimmatroq turadi.


Avvalroq “Spot” iPhone’lar qo‘ng‘iroqlarni yozib olish imkoniyatiga ega bo‘lishi haqida yozgandi.

Yangi Apple Intelligence neyron tarmog‘i audioni matnga tarjima qiladi va dialogning qisqacha bayonini tuzadi.