“Apple” iOS 18'da sun’iy yo‘ldosh orqali xabarlar funksiyasini taqdim etdi. Bu haqda “habr” nashri xabar berdi.

Ushbu parametr uyali aloqa tarmoqlari va Wi-Fi tarmog‘idan tashqarida bo‘lganda “iMessage” va SMS xabarlarni yuborish va qabul qilish imkonini beradi.

iPhone yer usti tarmoqlari doirasidan tashqarida ekanligini aniqlasa, u sun’iy yo‘ldosh xizmatlariga, jumladan “Emergency SOS”, “Roadside Assistance”, “Find My” va yangi variant — “Messages"ga tezkor kirishni taklif qiladi.

“IMessage"ga yuborilgan xabarlarga sun’iy yo‘ldosh orqali uzatishda boshdian oxirgiacha shifrlash ham qo‘llaniladi.

Sun’iy yo‘ldosh orqali xabarlar avval AQShda ishga tushiriladi, keyin esa boshqa mamlakatlarda qo‘llab-quvvatlash paydo bo‘ladi.

Bu xususiyat iPhone 14 va iOS 18'ga yangilangan yangiroq modellarda mavjud bo‘ladi.

Qayd etilishicha, hozirda funksiya bepul bo‘lsa ham, kelajakda kompaniya sun’iy yo‘ldosh xizmatlaridan foydalanish uchun to‘lovlarni undirmoqchi.


Avvalroq “Spot” iOS 18'da “Face ID” yordamida ilovalarni bloklash funksiyasi qo‘shilishi haqida yozgandi.

Funksiya ichki iPhone ilovalarini qulflash imkoniyatini beradi, bu esa qo‘shimcha maxfiylik va xavfsizlik darajasini ta’minlaydi.