Sverdlovsk viloyati kadrlar taqchilligi muammosini hal qilish uchun O‘zbekistondan mutaxassislar tayyorlashni boshlaydi. Bu haqda viloyat gubernatori Yevgeniy Kuyvashev O‘zbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Pervouralsk metallurgiya kolleji 2025-yildan boshlab O‘zbekiston talabalari orasidan kadrlar tayyorlash bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish tashabbusi bilan chiqdi.
Kuyvashevning ma’lum qilishicha, kollej 2025-yilda “pilot loyiha"ni amalga oshirish va o‘zbekistonlik talabalar uchun treningni tashkil etishga tayyorligini tasdiqladi.
“Mazkur o‘quv modeli bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash kafolati bilan talab katta bo‘lgan kasblarni huquqiy, xavfsiz va sifatli tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi”, — dedi u.
O‘quv mashg‘ulotlari hududiy sanoat korxonalari tomonidan moliyalashtiriladigan maqsadli ishga qabul qilish formatida tuzilishi rejalashtirilgan.
Dastlabki ikki-uch yil davomida bo‘lajak mutaxassislar O‘zbekistondagi hamkor kollejda malaka oshirib, yakuniy bosqichda Pervouralskdagi kollejda malaka oshirishadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Sverdlovsk viloyati ta’lim sohasidan tashqari O‘zbekiston bilan to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat ta’minoti, shuningdek, kichik va o‘rta biznes hamkorligida ham hamkorlikni mustahkamlaydi.
Avvalroq “Sopot” Latviya kompaniyasi o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga jalb qilishi haqida yozgandi.
Shuningdek, avtomaktablar platformasida yuk mashinalari haydovchilarini tayyorlash uchun maxsus simulyatorlar tashkil etiladi.