“Google” “YouTube” uchun yangi xususiyatni sinab ko‘rishni boshladi. Bu haqda “The Verge” xabar berdi.
U “eslatmalar” deb nomlanib, uning yordamida foydalanuvchilar muhim ma’lumotlarni boshqa foydalanuvchilar bilan baham ko‘rishlari mumkin.
“YouTube"dagi “eslatmalar” funksiyasi asosan foydali sharhlardir. Ularni blogerlar emas, balki tomoshabinlar ma’lum bir video ostida qoldirishlari mumkin.
Misol uchun, agar tomoshabin videodagi xatoni payqagan bo‘lsa, u boshqa foydalanuvchilarga xabar berish uchun bu haqda eslatmalarga yozishi mumkin.
Agar eslatma foydali bo‘lsa, u tavsifdan so‘ng darhol video ostida paydo bo‘ladi. Eslatmalarning foydaliligi boshqa tomoshabinlar tomonidan belgilanadi.
“Google"ning fikricha, bunday funksiya “YouTube"dagi soxta ma’lumotlar miqdorini kamaytiradi. Hozircha funksiya faqat AQShda va faqat ingliz tilida ishlaydi.
Joriy yil davomida “Google” bu funksiyani sinab ko‘radi va asta-sekin yangilikni kengroq foydalanuvchilar doirasiga taqdim etadi.
Avvalroq “Spot” “YouTube” ham o‘tkazib bo‘lmaydigan reklamalarni sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, reklama qo‘shimchalari videolar bilan birlashadi va hatto reklama blokerlaridan foydalangan holda ham ularni o‘tkazib yuborish mumkin emas.