ANORBANK va U-BSS vakillari Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Digital Uzbekistan” xalqaro PLUS forumida “Biznes uchun eng yaxshi mobil bank” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, ANORBANK`ning “Yuridik shaxslar uchun masofaviy bank xizmatlari” yo‘nalishi rahbari Anton Gayvoronskiy va U-BSS kompaniyasining xalqaro rivojlanish markazi direktori Yevgeniy Ponomaryov forumning rasmiy qismida raqamli transformatsiya bo‘yicha o‘z tajribalari bilan ham o‘rtoqlashishdi. Mutaxassislar O‘zbekistonning birinchi raqamli banki ANORBANK misolida mijozlarga xizmat ko‘rsatishni har tomonlama raqamlashtirishning afzalliklari haqida so‘z yuritishdi.
“PLUS Galaxy Award” — “Digital Uzbekistan” yirik xalqaro forumining bir qismi bo‘lib, moliyaviy texnologiyalar, bank biznesi, shuningdek, elektron tijorat va marketpleyslar sohasida erishilgan yutuqlarning munosib e’tirofi sanaladi.
ANORBANK birinchi mahalliy raqamli tijorat banki hamda O‘zbekistonning eng qimmat brendlaridan biri bo‘lib, u mijozlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha muntazam ravishda yangi loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Uning vazifasi vaqtni tejaydigan va mijozlar istaklarini o‘zida mujassam qilgan ishonchli mahsulotlarni yaratishdir.
ANORBANK`ning zamonaviy hamda foydali mahsulotlari va xizmatlari haqida bankning saytida, mobil ilovasida, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida batafsil ma’lumot taqdim etilgan.
Telefon: 1290.
Sayt: anorbank.uz
Facebook: fb.com/anorbank
Instagram: @anorbank
Telegram: t.me/anorbank
Reklama huquqlari asosida.