Yevropa Ittifoqi 20 nafar jismoniy va 22 yuridik shaxsga nisbatan cheklovlar joriy etishni va Rossiya eksportiga nisbatan qo‘shimcha choralar ko‘rishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “EUobserver” nashri.
Agar Yevropa Ittifoqining 27 davlati elchilari kelishuvga erishsa, 14-sanksiya paketi Rossiya neftini tashuvchi tankerlarga hamda Rossiyadan suyultirilgan gaz va geliy yetkazib berishga nisbatan cheklovlarni o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari, Moskvaning ikki tomonlama texnologiyalardan foydalanishi va Ukrainadagi “harbiy maxsus operatsiya” paytida olingan san’at asarlarini sotish imkoniyati cheklangan.
“EUobserver” ko‘rgan sanksiyalar ro‘yxati loyihasi birinchi marta may oyi oxirida tarqatilgan va shundan so‘ng 20 jismoniy va 22 yuridik shaxsga ko‘paygan.
Ro‘yxatda qo‘shiqchi Polina Gagarina bo‘ladi, u “davlat tomonidan targ‘ibot tadbirlarida tez-tez qatnashib, [o‘zi uchun] katta daromad olishga muvaffaq bo‘ldi”, dedi nashr suhbatdoshlaridan biri.
“EUobserver” ma’lumotlariga ko‘ra, sanksiyalar ro‘yxati loyihasiga, shuningdek, ikki milliarder kiritilgan.
Bular Rossiyaning mis kompaniyasi asoschisi Igor Altushkin va “AEON” xoldingi asoschisi Roman Trotsenko.
Hujjat loyihasida ta’kidlanishicha, Rossiya mis kompaniyasi Kreml uchun “muhim daromad manbai” va Trotsenko allaqachon sanksiyalar ostida bo‘lgan “Rosneft” rahbari Igor Sechinning maslahatchisi bo‘lgan.
Avvalroq “Spot” O‘zbekistonning “Mvizion” kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolgani haqida yozgandi.
O‘tgan yil oxirida kompaniyaga AQSh va Buyuk Britaniya rasmiylari tomonidan cheklovlar kiritilgandi.