“President Tech Award” tanlovining ikkinchi to‘lqini uchun arizalar qabuli boshlandi.
Umumiy sovrin jamg‘armasi $1 mlnni tashkil qiluvchi tanlov asosiy va maxsus yo‘nalishlarga bo‘linadi.
Uning asosiy yo‘nalishi quyidagi toifalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
- sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar;
- ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar;
- MicroSaaS va AdTech;
- kompyuter va mobil o‘yinlar;
- tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar.
Maxsus yo‘nalish 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni o‘z ichiga oluvchi “Gran-Pri Hakaton"dan iborat.
Sovrin jamg‘armasi 5ta yo‘nalishning har birida 1, 2, 3-o‘rin sovrindorlari aniqlanib, quyidagi mukofotlarga ega bo‘lishadi:
- 1-o‘rin — $100 ming;
- 2-o‘rin — $50 ming;
- 3-o‘rin — $30 ming.
Tanlovda ishtirok etish uchun 1-avgustgacha rasmiy veb-saytda ro‘yxatdan o‘tish kerak.
Tanlovda faqat ro‘yxatdan o‘tish vaqtida 30 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin.