Shavkat Mirziyoyev 19-iyun kuni “Davlat mulkini ijaraga berishdagi huquqbuzarliklar to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Unga ko‘ra, davlat mulkini belgilangan tartibda ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish, ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olishda, ijara munosabatlarining ob’ekti hududiga kirishda va undan foydalanishda ijaraga oluvchiga asossiz ravishda to‘sqinlik qilish yoki ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara shartnomasida noto‘g‘ri ko‘rsatgan holda davlat mulkini ijaraga berish:

Mansabdor shaxslar tomonidan ijaraga berishdagi birinchi qoidabuzarlik BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 700 ming so‘mdan 3 mln 400 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 400 ming so‘mdan 5 mln 100 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.


Avvalroq “Spot” endilikda davlat mulkini ijaraga berish jarayoni aholi va yuridik shaxslar tashabbusi asosida boshlanishi mumkinligi haqida yozgandi.

Ijaraning eng ko‘p muddati bir ijara shartnomasi doirasida nodavlat professional ta’lim tashkilotlari, kichik tadbirkorlar hamda xususiy tibbiyot tashkilotlari uchun 10 yilni tashkil etadi.