Malayziyaning “Sunview Group” kompaniyasi O‘zbekistonda ikkita quyosh fotoelektr stansiya qurishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “The Star” nashri.

Guruhning sho‘ba korxonasi Fabulous Sunview Energetika vazirligi bilan ikkita yirik fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Komplekslar energiya saqlash tizimlarini o‘z ichiga oladi.

Andijon viloyatida quvvati 400 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi va 100 MVt (200 MVt/soat) quvvatga ega bo‘lgan saqlash tizimini yaratish rejalashtirilgan. Yana 50 MVt (100 MVt/soat) akkumulyatorli 200 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi Farg‘ona viloyatida joylashtiriladi.

“Fabulous Sunview” va Xitoyning “Huawei Tech Investment” Tashkent kompaniyalari yashil energiya sohasida yana bir loyihani amalga oshirish niyatida.

Shanxayda quyosh va aqlli energiyaga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda tomonlar “Yashil Energiya” davlat kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.

Hujjatda ijtimoiy muassasalar, davlat idoralari va boshqa tashkilotlar binolariga fotopanellarni o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Kichik quyosh elektr stansiyalarining umumiy quvvati 50 MVt bo‘lishi kutilmoqda.

“The Star” nashriga ko‘ra, “Fabulous Sunview” loyihada investor va bosh pudratchi sifatida ishtirok etadi. “Yashil Energiya” ishlab chiqarilgan elektr energiyasini undan oladi.


Avvalroq “Spot” xitoylik investorlar Toshkent viloyatida qiymati $2 mlrdlik fotoelektrostansiya qurmoqchi ekanligi haqida yozgandi.

Shuningdek, Zangiota tumanida $20 mlnlik diognostika va sog‘lomlashtirish markazini qurish hamda Nurafshon shahri hamda Zangiota tumanida 200 gektar maydonda industrial sanoat zonalarini tashkil etishga kelishildi.