Ilon Mask “Tesla Roadster” uchar elektromobilini chiqarishi mumkin. Bu haqda “hi-tech.mail” nashri xabar bermoqda.

“Tesla Roadster” 2017-yilda Ilon Mask tomonidan e’lon qilingandi. tadbirkor yangi elektromobil unga qo‘shimcha jihozlar o‘rnatish orqali ucha olishini aytdi.

Keyinroq, 2021-yilda Mask “Tesla Roadster” avtomobilga o‘z ish faoliyatini yaxshilash va yer ustida uchib turish imkonini beruvchi “ba'zi raketa texnologiyalari” olishini yana bir bor ta’kidladi.

Keyinroq aniqlik kiritilishicha, mashina siqilgan sovuq gazda ishlaydigan 10 ta kichik raketa kuchaytirgich yordamida havoga ko‘tarilishi mumkin.

Shu bilan birga, xavfsizlik nuqtai nazaridan uchish balandligi 1−1,8 metr bilan cheklanishiga aniqlik kiritildi.

Buning sababi shundaki, dvigatellar ishlamay qolsa, “Roadster” yiqilib tushganda faqat pastki qismi zarar ko‘radi, uning yo‘lovchilari va haydovchilari xavfsiz va sog‘lom bo‘lib qoladilar.

Ilon Mask “X” ijtimoiy tarmog‘ida yana “Tesla Roadster” haqida gapira boshladi. Biroq, bu safar milliarderning bayonoti haqiqatga yaqinroq ko‘rinadi.

Elektromobilni ommaviy ishlab chiqarish 2025-yilga mo‘ljallangan. Narxi hali ma’lum emas, garchi avvalroq avtomobil narxi $200 ming va undan yuqori bo‘lishi bashorat qilingan edi.


Avvalroq “Spot” “Tesla” 125 mingta avtomobilini qaytarib olishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, avtomobillarning qaytarib olinishiga xavfsizlik kamarlari bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lgan.

Qaytarib olish 2012−2024-yillardagi “Model S”, 2015−2024-yillardagi “Model X”, 2017−2023-yillardagi “Model 3” va 2020−2023-yillardagi “Model Y” avtomobillarni o‘z ichiga oladi.