“UzAuto Motors” kompaniyasi 21-iyun kuni, soat 10:00da 25 ming dona “Chevrolet Cobalt” avtomobilining 2024-yilgi ishlab chiqarish hajmi uchun onlayn kontraktatsiyani ochadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.
Telegram-bot hamda “UzAvtosavdo” ilovasi navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etiladi.
Kompaniya avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozimligini qayd etdi.
Aks holda, mazkur shartnomalar avtomatik ravishda bekor qilinib, kontraktatsiyaga qayta qo‘yiladi.
Shu munosabat bilan “UzAuto Motors” fuqarolardan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishlarini so‘raydi.