20-iyun kuni Savdo-sanoat palatasida umumiy ovqatlanish va chakana savdo tarmoqlari tadbirkorlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov tadbirkorlar bilan suhbatlashdi, ulardan dolzarb muammolar haqida so‘radi, ularni hal etish yuzasidan takliflar yig‘di.

Xususan, avgust oyida Nukusda bo‘lib o‘tadigan prezident va tadbirkorlar muloqotiga tashabbuslar tayyorlash rejalashtirilgan. Savdo-sanoat palatasi rahbari har bir taklifni qo‘l ko‘rsatish yo‘li bilan ovozga qo‘ydi.

Birinchi taklif — qisqa muddatli bandlikni qonuniylashtirish. Tashabbus kassadan kunlik ish haqini to‘lashga ruxsat berilishi mumkin bo‘lgan xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni rasman yollashga qaratilgan.

Ikkinchi taklif — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kassada qayd etilgan naqd pulda sotib olishga ruxsat berish bilan bog‘liq.

Uchinchi taklif — soliq organlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish manbasini ko‘rsatish talabini bekor qilish. Soliq kodeksining 378-moddasiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishdan olingan daromadlar soliqqa tortilmaydi (shaxsiy daromad solig‘i). Shunday qilib, tovarlarni qabul qilishni ro‘yxatdan o‘tkazish bir tomonlama xarid aktini chiqarish orqali rasman qonuniylashtirilishi mumkin.

Vahobov yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan yuqoridagi barcha takliflar onlayn ovoz berishga qo‘yilishini ta’kidladi.

U 20-avgustgacha umumiy ovqatlanish va savdo yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlab, prezidentga taqdim etishga va’da berib, qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirdi.


Avvalroq “Spot” NAPP birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak qimor o‘yinlariga aylanma solig‘ini joriy etish taklifini tushuntirganini yozgandi.