Xitoyning “Baibuting Group” kompaniyasi Ohangaron viloyatida $1,8 mlrdlik yirik “yashil” energetika loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyati hokimligi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Uxan shahrida “Baibuting Group” kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Xususan, Xitoy kompaniyasi quyosh, shamol va suv resurslaridan foydalanish hisobiga energiya ishlab chiqaradigan elektr stansiyasini qurish niyatida.

Birinchi bosqichda energetika loyihasiga $200 mlngacha sarmoya kiritiladi va “yashil” elektr stansiyasining yakuniy quvvati 2 GVtni tashkil qiladi.

“Baibuting Group” rahbari loyihaga 10dan ortiq kompaniya jalb etilishini ta’kidladi. Obyekt uchun 2,6 ming gektar yer uchastkasi ajratildi.


Avvalroq “Spot” Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda ikkita quyosh fotoelektr stansiyasini qurishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek, kompaniya “Huawei” bilan birgalikda davlat idoralari va boshqa tashkilotlar binolariga ham fotopanellar o‘rnatadi.