Senatning 53-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisini saylash masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 95-moddasi hamda 109-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Prezidentining taqdimiga binoan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Senat tomonidan saylanadi.
Senatorlar mazkur masala yuzasidan o‘z munosabatlarini bildirdi hamda Halilillo Sobirjonovich To‘raxo‘jayev Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi.
Tayinlovga qadar u 2021-yil fevralidan Oliy sud raisining o‘rinbosari — Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Avvalroq “Spot” Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlangani haqida yozgandi.
Shoxrux Gulamov hamda Akram Aliyevlar vazir o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga tasdiqlandi.