Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 15-iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanadi. Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi ma’lum qildi.
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali 5-avgustga qadar qabul qilinadi.
O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.
O‘tish ballini to‘plolmaganlar “super-kontrakt” bilan qabul qilinishi mumkin.
Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar o‘qishini ko‘chirayotganlar uchun amal qilmaydi.
Avvalroq “Spot” OTMlarga kirish test sinovlari sanasi ma’lum qilingani haqida yozgandi.
Unga ko‘ra, 1−25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar, 14−28-iyul kunlari test sinovlari o‘tkaziladi.