Javlonbek Umarxodjayev “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniyaning yagona aksiyadori — O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaroriga muvofiq, Javlonbek Umarxodjayev 2024-yil 20-iyun kuni “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi etib tasdiqlandi.

U 2023-yil 9-avgustdan beri boshqaruv raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi lavozimida kompaniyaga rahbarlik qilgan edi.

Javlonbek Umarxodjayev mehnat faoliyatini 2008-yilda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasida boshlagan.

2009−2018-yillarda MAK aviatsiya xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. 2018−2021-yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Toshkent-Sharq” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kapital qurilish direksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va texnik direktori lavozimlarida ishlagan.

2021−2023-yillarda “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining operatsion faoliyat bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.


Avvalroq “Spot” Halilillo To‘raxo‘jayev Raqobat qo‘mitasi raisi lavozimiga saylangani haqida yozgandi.

Tayinlovga qadar u Oliy sud raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.