“UzAuto Motors” 2024-yilga mo‘ljallangan “Cobalt” avtomobillari bo‘yicha shartnomani yakunladi, deya xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.
25 ming “Chevrolet Cobalt” avtomobillarining onlayn savdosi 21-iyun soat 10:00da boshlandi. Taklif etilgan barcha hajm uchun 9−10 soat ichida shartnoma tuzildi.
Narxlar quyidagicha: “Cobalt Gs-Style Plus MT” — 125 mln 210 ming so‘m, “Cobalt GX-Style Plus AT” esa 146 mln 757 ming so‘m.
24 931ta tuzilgan shartnomalar One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan va 1tadan ko‘p bo‘lmagan avtomobil uchun shartnoma tuzgan jismoniy shaxslarga to‘g‘ri keladi. 69ta shartnoma yuridik shaxslar ulushiga to‘g‘ri keldi.
Onlayn kontraktatsiya jarayonida “UzAutoSavdo” tizimida 56ta kiberhujum amalga oshirildi. Bu esa platforma faoliyatida uzilishlarga olib keldi.
Bundan tashqari, ushbu davr mobaynida saytga tashrif buyuruvchilar soni yuqoriligi kuzatildi. Xususan, platformada daqiqasiga 100 mingdan ortiq foydalanuvchi bo‘lgan.
Yuqori yuklanish kuzatilganligi sababli “UzAutoSavdo” platformasida uzilishlar kuzatilishiga qaramay, avtomobillar xaridi uchun kontraktatsiya jarayoni to‘liq yakunlandi.
2023-yil dekabr oyi oxirida kompaniya 2024-yil uchun butun ishlab chiqarish hajmi uchun “Cobalt”, “Damas” va “Labo” avtomobillari sotuvini to‘xtatib, uch kun ichida 171 mingta avtomobilga shartnoma tuzgandi. Shu bilan birga, kompaniya qayta sotish uchun taklif qilingan shartnomalar bazasi yaratilishini e’lon qildi.
29-mart kuni “UzAuto Motors” 18 ming dona “Labo"ni qayta shartnomaga qo‘ydi, ular 55 daqiqada sotildi. Aprel oyida kompaniya 24 ming “Damas” uchun kontraktatsiyani ochdi, ular uchun shartnoma bir soat ichida tugadi. 8-may kuni esa 4500 dona “Lacetti” uchun 25 daqiqada qaytadan shartnoma tuzdi.