Yevropa Ittifoqidagi “Apple” foydalanuvchilari joriy yilda Yevropa Ittifoqida kuchga kirgan Raqamlar bozorlar to‘g‘risidagi qonun tufayli kompaniya tomonidan joriy yilda ishlab chiqilgan yangi sun’iy intellekt funksiyalaridan foydalana olmaydi, deb yozadi “Bloomberg”.
Gap 10-iyun kuni kompaniyaning Butunjahon dasturchilar konferensiyasida (WWDC) e’lon qilingan “Apple Intelligence” generativ neyron tarmoqlariga asoslangan texnologiyalar haqida bormoqda.
“Biz qonun bilan o‘zaro ishlash talablari mahsulotimiz yaxlitligini buzishimizga, foydalanuvchi maxfiyligi va ma’lumotlar xavfsizligiga putur yetkazishidan xavotirdamiz”, — deyiladi “Apple” bayonotida.
“Apple Intelligence” matnni tarjima qilishi, original tasvirlarni yaratishi va foydalanuvchilarga tegishli ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin, shuningdek, kompaniya “Siri” ovozli yordamchisining yangilangan versiyasini ham taqdim etadi.
Kompaniya yangi funksiyalarni shu yilning kuzida butun dunyo bo‘ylab ishga tushirishni rejalashtirmoqda, biroq ular faqat ayrim “Apple” qurilmalarida va dastlab faqat ingliz tilida ishlaydi.
Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining 27 mamlakatidagi foydalanuvchilar “iPhone Mirroring” (Mac kompyuteringida iPhone ekranini almashish va masofadan boshqarish imkonini beradi) va “SharePlay Screen Sharing” (iPad yoki iPhone ekranini boshqa qurilmada baham ko‘rish va masofadan boshqarish imkonini beradi) imkoniyatlaridan foydalana olmaydi.
Avvalroq “Spot” “Apple” iPhone, MacBook Pro va Apple Watch’ni yanada ingichka qilishi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, kompaniya mazkur modellarni qayta ishlab chiqib, ularni yanada ingichkaroq shaklga keltiradi.