May oyida O‘zbekiston Xitoyga tabiiy gaz eksportini qariyb 8 baravar oshirdi, deya xabar beradi Xitoy Xalq Respublikasi Bosh bojxona boshqarmasi.
O‘tgan oyda Xitoyga o‘zbek gazi yetkazib berish hajmi 7,44 baravarga — $11,43 mlndan $85,06 mlnga oshgan.
Besh oy yakunlariga ko‘ra, Xitoyga gaz eksporti $153,87 mlnni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb chorak ko‘pdir.
Biroq Statistika agentligi ma’lumotlari Xitoy bojxona statistik ma’lumotlaridan keskin farq qiladi, unga ko‘ra, yanvar-may oylarida O‘zbekiston $59,9 mlnlik tabiiy gaz eksport qilgan — bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 3,08 baravar kam.
Yil boshidan buyon $4,04 mlrdlik tabiiy gaz yetkazib bergan Turkmaniston Xitoyga gaz yetkazib berish bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga kiritdi.
Rossiya tabiiy gaz eksportini biroz oshirib, $3,23 mlrdga yetkazgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi o‘rinlarda Myanma ($562,1 mln) va Qozog‘iston ($396,8 mln).
Dastlabki besh oy ichida Turkmaniston va Rossiyadan respublikaga ko‘k yoqilg‘i importi 4,2 baravarga oshib, $643,2 mlnga yetdi. 2023-yil oxirida O‘zbekiston tarixda birinchi marta gaz eksport qiluvchi davlatdan import qiluvchi davlatga aylandi.
Avvalroq “Spot” Rossiya Qozog‘iston bilan gaz tranziti bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘izistonga uzoq muddatli shartnomalar imzolagani haqida yozgandi.