“O‘zbekiston taksi bozorida hali joy ko‘p” — Maksim Ostapyuk, Uklon
Uklon kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Spot’ga raqobat, haydovchilar bilan ishlash, yo‘l haqining shakllanishi va xaritani yaxshilash haqida so‘zlab berdi.
O‘zbekistonda ayollar erkaklarga qaraganda kamroq maosh olyapti — Jahon banki
Qayd etilishicha, mamlakatda xizmat uchun haq to‘lashda gender tengsizligi mavjud bo‘lib, ayollar erkaklarga qaraganda 34% kamroq maosh oladi.
“Mening eng katta dushmanim — bu hokimlik” — Giotto asoschisi yozgi terrasalar bilan korrupsiya haqida
Maqom Bar yozgi ayvonining majburiy yopilishi daromadining 50%ga pasayishiga va xodimlarning qisqarishiga olib keldi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Alisher Usmonov UBS Europe bankini sudga berdi.
Bunga bank 2018−2022-yillarda Germaniya moliya organlariga Usmonovning shubhali moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirgani haqida asossiz xabarnomalar yuborgani sabab bo‘lgan. - Qozog‘istonning Kaspi kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda.
Kompaniya hozirda mobil aloqa va naqd pulsiz operatsiyalarning kirib borishi hamda elektron tijoratni rivojlantirish uchun boshqa bozorlarni faol o‘rganmoqda. - 2025-yil sentabrdan ayrim toifa o‘qituvchilarning oylik maoshi oshirilishi mumkin.
Attestatsiyadan o‘tolmagan, tajribasi yetarli bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun alohida dastur ishlab chiqilib, malakasi oshiriladi. - Ilon Mask Tesla Roadster uchar elektromobilini chiqarishi mumkin.
Taxminlarga ko‘ra, elektromobil konturi bo‘ylab joylashgan raketa dvigatellari tufayli yerdan 1−1,8 metr balandlikda ucha oladi. - Prezident muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
Xususan, muhandislik oliygohlari hamkor korxonalarida kafedralar ochadi va dual ta’limni yo‘lga qo‘yadi. 10ta oliygohda oliy muhandislik maktablari ochiladi. Texnika yo‘nalishidagi loyihalarga davlat grantlari 4 karra oshiriladi. - Yil boshidan buyon 552 mlrd so‘mlik energiya resurslarini o‘g‘irlash holatlari aniqlandi — Energetika vazirligi.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan 715 ta jinoiy va 17,2 mingta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. - UzAuto Motors 9 soat ichida 25 ming dona Cobalt avtomobillarini sotishni yakunladi.
Aprel oyida shunga o‘xshash hajmdagi Damas mashinalarining shartnomasi 56 daqiqa davomida tugagan edi. - Elektr va gaz uchun tariflar kamida 3 yil muddatga tasdiqlanadi.
Narxlar ularni ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash xarajatlaridan, shuningdek, kapital xarajatlarni qoplashni hisobga olgan holda belgilanadi. - iOS 18da sun’iy yo‘ldosh orqali xabar yuborish funksiyasi taqdim etildi.
Funksiya uyali aloqa tarmoqlari va Wi-Fi tarmog‘idan tashqarida bo‘lganda xabarlarni yuborish va qabul qilish imkonini beradi. - Xitoy kompaniyasi Farg‘onada qiymati $1,5 mlrdlik avtomobil zavodi quradi.
Loyiha 5 yil davomida to‘liq yakunlanib, ishlab chiqarish 110 mingtaga yetkazilishi rejalashtirmoqda.
Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar
ANORBANK va U-BSS kompaniyasi biznes uchun eng yaxshi mobil bank deb topildi
Tashkilotlar vakillari “Digital Uzbekistan” PLUS forumi doirasida bo‘lib o‘tgan “PLUS Galaxy Award"da “Biznes uchun eng yaxshi mobil bank” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Muddatli to‘lov 50 foizgacha arzon: Radius do‘konlar tarmog‘i megaaksiya e’lon qildi
Radius maishiy texnika va elektronika do‘konlarida 20−23-iyun kunlari megaaksiya bo‘lib o‘tadi, muddatli to‘lov narxi 50 foizgacha arzonlashdi.