Italiyaning “Bertone” kompaniyasi chiqindilarda ishlaydigan dunyodagi birinchi “GB110” nomli superkarini namoyish etdi. Bu haqda “ixbt” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, avtomobil plastik chiqindilardan qayta ishlangan sintetik yoqilg‘ida yuradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil 1100 ot kuchiga ega 5,2 litrli V10 dvigateli bilan jihozlangan. U 100 km/soat tezlikka 2,79 soniyada, 200 km/soat tezlikka esa 4 soniyada erishadi.
Kompaniya hozircha 100 km/soat tezlashuvni ko‘rsatmagan, biroq avtomobil 12,9 soniyada 300 km/soat tezlikka erishadi, maksimal tezlik esa 350 km/soat deb aytilgan. sMaksimal tezlik 380 km/soat atrofida bo‘ladi.
Kompaniya “Select Fuel” bilan hamkorlikda polikarbonat materiallarini motor yoqilg‘isiga aylantirish texnologiyasini ishlab chiqqanini ma’lum qildi. Yangi model esa bunday yoqilg‘ida ishlaydigan birinchi giperkarga aylandi.
“Bertone GB110"ning jami 33 nusxasini ishlab chiqarish rejalashtirilgan, biroq giperkarning narxi e’lon qilinmagan.
Avvalroq “Spot” “Xiaomi” 2026-yilda ikkinchi avtomobilini taqdim etishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, kompaniyaning ikkinchi avtomobili “Tesla Y"ga o‘xshash sport yo‘ltanlamasi bo‘ladi.