Jahon banki va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Dushanbedagi Dasturlar byurosi 2024-yilning 12−16-avgust kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan “Central Asia Youth Talks” arizalar qabuli boshlangani e’lon qildi.

Central Asia Youth Talks — bu 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan 30 nafar yoshlarni birlashtiradigan almashinuv va ta’lim tadbiri.

Tadbir ishtirokchilar uchun mintaqaviy va global ahamiyatga molik mavzular hamda yoshlarning rolini muhokama qilish maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, raqamli texnologiyalar, barqaror rivojlanish, innovatsiyalar va samarali yechimlar, qashshoqlikni tugatish, gender tengligi va boshqalar kabi mintaqaviy ahamiyatga molik mavzularni muhokama qiladilar.

Tadbirning ishchi tili ingliz tili bo‘lib, nomzodlar uchun arizalar qabuli 2024-yil 3-iyulgacha havola orqali davom etadi.

Tanlov jarayonida gender va geografik muvozanat mezonlari qo‘llaniladi.Viloyat markazlari va poytaxtlardan tashqarida joylashgan kichik jamoalardan nomzodlar rag‘batlantiriladi.

Turar joy, ovqatlanish va transport xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.

Qo‘shimcha ma’lumot: +992985170145 raqami orqali yoki POID-Election@osce.org elektron pochta manzili.