O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pasaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 599,92 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 25 so‘m 26 tiyinga pasaydi.
Bungacha dollar kursi 21-iyun, 20-iyun, 13-iyun, 11-iyun, 10-iyun, 7-iyun va 6-iyun kunlari pasaygandi.
15-may kuni dollar kursi yana rekord darajani qayd etib, 12 727 so‘mni tashkil etgandi.
2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tgandi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.