Slovakiya hukumatining “National Scholarship Programme” (NSP) grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.
Unda butun dunyodan magistratura talabalari, doktarantlar, o‘qituvchi va tadqiqotchilar hamda rassomlar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlangan nomzodlar mamlakatda qolish va o‘z malakalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dastur darajalarga qarab 1 oydan 10 oygacha davom etadi.
Qabul qilingan ishtirokchilarning sayohat, oziq-ovqat, turar joy, o‘qish hamda tadqiqot olib borish xarajatlari qoplab beriladi.
Magistratura darajasi uchun 620 yevro, PhD uchun 1025 yevro miqdorida oylik stipendiya beriladi.
Shuningdek, tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va rassomlar uchun esa stipendiya hajmi quyidagicha ajratiladi:
- PhD darajasiga ega bo‘lmagan (yoki unga tenglashtirilgan) va shu bilan birga universitet o‘qituvchisi / tadqiqotchisi / rassomi sifatida 4 yildan kam ish tajribasi ega bo‘lganlarga — 1025 yevro;
- PhD darajasi va universitet o‘qituvchisi/tadqiqotchisi/rassom sifatida 10 yildan kam ish tajribasiga ega — 1370 yevro;
- PhD darajasi va universitet o‘qituvchisi/tadqiqotchi/rassom sifatida 10 yildan ortiq ish tajribasiga ega bo‘lganlarga — 1470 yevro.
Nomzodlar arizalarni onlayn ravishda jo‘natishlari kerak hamda talab qilinadigan hujjatlar yo‘nalishiga qarab quyidagicha farq qiladi:
Magistratura darajasi uchun hujjatlar:
- CV;
- motivatsion xat;
- o‘qish dasturi;
- ikkita tavsiyanoma;
- o‘qishini tugatishning kutilayotgan sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- bakalavriat diplomi va ilovasi hamda davlat imtihonidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (agar mavjud bo‘lsa);
- qabul taklifi.
PhD uchun hujjatlar:
- CV;
- motivatsion xat;
- tadqiqot dasturi;
- ilmiy rahbar tomonidan berilgan atvsiyanoma;
- PhD ta’limini yakunlashning kutilayotgan sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- magistratura diplomi va ilovasi hamda davlat imtihonidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (agar mavjud bo‘lsa);
- nashr qilingan ilmiy ishlari;
- qabul taklifi.
Tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va rassomlar uchun hujjatlar:
- CV;
- o‘qish dasturi;
- eng yuqori ilmiy darajaga ega bo‘lgan diplomining skaneri;
- nashr qilingan ilmiy ishlari, ijodiy materiallari;
- Slovakiyadagi qabul qiluvchi universiteti/tadqiqot tashkiloti tomonidan bo‘lish muddati ko‘rsatilgan taklifnoma.
Arizalarni joriy yilning 31-oktabrigacha havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Foydali havolalar:
- arizachilar uchun maslahatlar;
- avvalgi yilgi g‘oliblar;
- amaliy ma’lumotlar.