“YouTube” video xizmati uni o‘z hududidan tashqarida sotib olgan foydalanuvchilarning Premium obunalarini avtomatik ravishda bekor qilishni boshladi. Bu haqda “The Verge” xabar berdi.

“Google"ning yangi siyosati Rossiya foydalanuvchilariga ta’sir qilishi mumkin, chunki “YouTube Premium” hozirda mamlakatda mavjud emas.

“YouTube” vakili Pol Penningtonning nashrga aytishicha, kompaniyada foydalanuvchilarning joylashuvini aniqlash imkonini beruvchi tizimlar mavjud.

Platforma endi obunani sotib olgandan so‘ng abonentning joylashuvi qachon o‘zgarganini kuzatib boradi. Agar bunday almashtirish aniqlansa, “YouTube” avtomatik ravishda obunani adolatsiz olingan deb hisoblaydi va uni o‘chirib qo‘yadi.

“Google” pulni tejashni istagan foydalanuvchilarga qarshi choralar ko‘rayotganini tasdiqladi — Ukrainada “YouTube Premium” oyiga taxminan $2,40 turadi, AQShda esa $14dan kam emas.

Agar firibgarlik aniqlansa, foydalanuvchilar “Premium” obunasini bekor qilish uchun elektron pochta xabarini oladi.

2023-yildan boshlab, “YouTube” reklama blokerlariga qarshi kurashni boshladi. Faqat “YouTube Premium” obunachilari xizmatdagi reklamalarni ko‘rishdan voz kechishi mumkin.


Avvalroq “Spot” “YouTube” ham o‘tkazib bo‘lmaydigan reklamalarni sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, reklama qo‘shimchalari videolar bilan birlashadi va hatto reklama blokerlaridan foydalangan holda ham ularni o‘tkazib yuborish mumkin emas.