“Amazon” “ChatGPT” bilan raqobat qilish uchun o‘zining sun’iy intellekt chatbotini yaratishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “Business Insider” nashri.

“Metis” kod nomini olgan mahsulot “Amazon” tomonidan ishlab chiqilgan “Olympus AI” modelida ishlaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Metis” veb-sayt sifatida ishlab chiqiladi. U matnli so‘rovlarga suhbatli tarzda javob bera oladi, shuningdek, tasvirlarni yaratadi.

Chat-bot “kengaytirilgan qidiruv avlodi” texnologiyasidan foydalanadi.

“Metis” shuningdek, sun’iy intellekt agenti funksiyalarini ham bajarishi mumkin bo‘ladi — ma’lum ma’lumotlarga asoslangan vazifalarni avtomatlashtirish: aqlli uyni boshqarish, sayohat marshrutlarini qurish va chiptalarni bron qilish.

Biroq hozircha kompaniya xizmatni qachon joriy etishni rejalashtirayotgani noma’lum.

2024-yil fevral oyida “Amazon” xarid qilish bo‘yicha maslahatlar beruvchi va kerakli mahsulotni topishga yordam beruvchi “Rufus” chat-botini sinovdan o‘tkazishni boshladi.

U “Amazon” mahsulotlari katalogi, mijozlar sharhlari va ixtisoslashgan jamoalardagi foydalanuvchilarning savollari va javoblari bo‘yicha o‘qitilgan.


Avvalroq “Spot” “Microsoft” “Copilot” chat-botini “Telegram"da ishga tushirgani haqida yozgandi.

U ilovada foydalanuvchi savollariga javob bera oladi, shuningdek, boshqa bir qator vazifalarni bajaradi.