Xitoyning Anxoy provinsiyasida Toshkent viloyatining vakolatxonasi ochildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mamlakatda o‘tkazilgan O‘zbek-Xitoy biznes-forumi tadbirlari doirasida $400 mlnlik tibbiyot, sanoat parkini amalga oshirish loyihalari bo‘yicha 3ta shartnoma imzolandi.
Viloyat delegatsiyasining Xitoy ishbilarmonlari bilan B2B, G2B formatida uchrashuvlar davomida 117ta tadbirkorlar bilan muloqotlar olib borilib, 21ta loyiha doirasida kelishuvlarga erishildi.
Kelgusida Toshkent viloyatida mazkur loyihalarni amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
May oyida Xitoy kompaniyasi Bo‘kada quyosh fotoelektr stansiyasini qurishi ma’lum qilindi. Uning umumiy quvvati 263 MVt bo‘lib, buning uchun $150 mln to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etiladi.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni haftasiga 100taga yetkaziladi. Har ikki tomonning tayinlangan aviakompaniyalariga O‘zbekiston va Xitoy hududidagi barcha manzillar orqali uchinchi davlatlarga haftasiga 21ta aviaqatnov bilan yuk parvozlarini amalga oshirish huquqi berildi.