“Uzbekistan Airways” 27-oktabrdan boshlab Toshkentdan Hindistonning Goa shahriga muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yilishini e’lon qildi.

Toshkent-Goa-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar haftada ikki marotaba — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Parvozlar jadvali (mahalliy vaqt bilan) quyidagicha:

  • Toshkentdan jo‘nab ketish soat 06:00, Goaga yetib borish soat 10:55;
  • Goadan jo‘nab ketish soat 12:15, Toshkentga yetib borish soat 16:10.

Qayd etilishicha, bir tomonga chipta narxi (xabar nashr qilingan paytda) 2,4 mln so‘mdan boshlanadi.

Aviachiptalarni www.uzairways.com saytida, ilovada, “Uzbekistan Airways Sales” filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.


Avvalroq “Spot” “Uzbekistan Airways” Mumbayga muntazam parvozlarni qayta tiklagani haqida yozgandi.

2020-yilda to‘xtatilgan reyslar haftasiga ikki marta — dushanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.