O‘zbekistonliklar Slovakiyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Rus tilini biladigan, “B” toifadagi haydovchilik hamda avtokara haydovchisi guvohnomasiga ega fuqarolar mamlakatdagi korxona omborxonasida haydovchi yo‘nalishida ishlashlari mumkin.
Oylik ish haqi qo‘lga tegadigani 1080 yevroni tashkil etadi, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi.
Ish haftada 5 kun (3 ta smena) bo‘lib, xodim tibbiy sug‘urta qilinadi.
Yosh chegarasi 20−45 yosh (erkaklar) etib belgilangan. Sohada 6 oylik tajriba ham talab etiladi.
Ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.
Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Bunda ro‘yxatdan o‘tish uchun rus tilidan test topshiriladi.
Anketaga kasbiy malakani tasdiqlovchi hujjatni (avtokara haydovchisi guvohnomasini) biriktirish shart.
Batafsil ma’lumotlarni bu yerdan olish mumkin.
Avvalroq Latviya kompaniyasi o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga jalb qilishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, avtomaktablar platformasida yuk mashinalari haydovchilarini tayyorlash uchun maxsus simulyatorlar tashkil etiladi.