O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston Qirg‘iziston bosh vaziri Aqilbek Japarov Talas-Chotqol-Toshkent avtomobil yo‘li qurilishi loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi xabar berdi.
Ayni paytda mazkur loyiha bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilmoqda va uni amalga oshirish o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va ikki davlatning turizm salohiyatini oshirish imkonini beradi.
Shuningdek, yig‘ilishda Qambarota-1 GESi va Chotqol daryosida GES qurilishi masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Qirg‘izistondan O‘zbekistonga ko‘mir yetkazib berish uchun konveyer va ko‘mir logistika markazini yaratish bo‘yicha qo‘shma ishlarni faollashtirish muhokama qilindi.
Avvalroq “Spot” O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi yo‘l qurilishi rejalashtirilayotgani haqida yozgandi.
Beyneu-Shalqar avtomobil yo‘li ikki davlatning g‘arbiy hududlarini bog‘lashi belgilangan.