Raqobat qo‘mitasi Guliston shahridagi maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha qarzdorliklarni qayta hisob-kitob qildi, deya xabar bermoqda boshqarma matbuot xizmati.

Sirdaryo viloyati ma’muriy markazidagi ushbu xizmatlar “Toza hudud” DUK tomonidan ko‘rsatiladi. Tekshiruv davomida alohida mahallalarda hisoblangan to‘lovlar amalda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmiga mos kelmasligi aniqlandi.

Jumladan, 2023yilda tasdiqlangan grafikga asosan “Yangi Hayot” MFY bo‘yicha aholi soni 3685 kishi kiritilganligi natijasida olib chiqilgan bir oylik yuk hajmi 184,2 m3 tashkil etgan.

Biroq haqiqatda billing dasturiga kiritilgan aholi soni bilan taqqoslaganda iste’molchilar soni 4030 kishini tashkil etib, olib chiqilgan bir oylik yuk hajmi esa 201,5 m3 yoki ushbu yashovchi aholidan 1 oyda 7,3 m3 yoki kilogram hisobida 7245 kg kam maishiy chiqindi olib chiqib ketilganligi aniqlandi.

Natijada belgilangan yuk hajmidan kam olib chiqib ketilishi oqibatida aholidan ko‘rsatilmagan xizmat uchun jami bir yil davomida 11 mln 589 ming 102 so‘m ortiqcha to‘lovlar hisoblanganligi ma’lum bo‘ldi.

Xuddi shu kabi “Mevazor” MFYda 2 mln 754 ming 504 so‘m, “Istiqlol” MFYda 81 mln 69 ming 960 so‘m va “Taraqiyot” MFYda 42 mln 258 ming 232 so‘m, jami 137 mln 671 ming 812 so‘m ortiqcha to‘lovlar hisoblangan.

Shuningdek, 2024-yilning yanvar-aprel oylarida quyidagi MFYlarda jami hisobda 122 946 865 so‘m miqdorida ortiqcha to‘lovlar hisoblangan:

  • “Manaviyat” 11 mln 589 ming 102 so‘m;
  • “Yangi hayot” 11 mln 28 ming 561 so‘m;
  • “Shodlik” 2 mln 533 ming 977 so‘m
  • “Obod yurt” 5 mln 312 ming 714 so‘m
  • “Bog‘ishamol” 45 mln 539 ming 608 so‘m;
  • “Bo‘ston” 8 mln 19 ming 463 so‘m;
  • “Istiqlol” 39 mln 613 ming 556 so‘m;
  • “Ishonch” 7 mln 414 ming 764 so‘m.

Olib borilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, “TOZA HUDUD” DUK Guliston shahar filiali tomonidan 2023 va 2024-yil yanvar-aprel oylarida 41 992 nafar aholiga nisbatan jami hisobda 260 mln 618 ming 677 so‘m miqdorida ortiqcha to‘lovlar hisoblaganligi aniqlandi.


Avvalroq “Spot” beshta hududda chiqindi xizmatlari uchun tariflar oshirilgani haqida yozgandi.

Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Sirdaryo hamda Surxondaryoda, shuningdek, Qarshi shahrida aholi va yuridik shaxslar uchun chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlariga yangi narxlar belgilandi.