“YouTube” uyqu taymeri deb nomlangan yangi funksiya ustida ishlamoqda. Bu haqda “Android Authority” nashri xabar berdi.
Uyqu taymeri “YouTube” videoni ijro qilishni to‘xtatadigan vaqtni belgilash imkonini beradi.
Funksiya orqali foydalanuvchi videoni qachon o‘chirish uchun soat va daqiqalarni belgilaydi. Ishga tushishga 5 daqiqa qolganda, ekranda “Siz taymerni qayta o‘rnatishingiz yoki tomoshani davom ettirish uchun „bajarildi“ tugmasini bosing” degan ogohlantirish paydo bo‘ladi.
Agar tomoshabin “bajarildi” tugmasini bosgan bo‘lsa, taymer qayta o‘rnatiladi va video davom etadi. Bu odam hali uxlamagan daqiqalar uchun kerak.
Ogohlantirish e’tiborsiz qoldirilsa, u ko‘rsatilganidan 5 daqiqa o‘tgach, videoni to‘xtatadi va qurilma ekrani qorong‘i bo‘ladi.
Hozirda bu funksiya faqat Android uchun “YouTube"ning beta versiyalarida ishlaydi. Kelajakda yangilik barcha qo‘llab-quvvatlanadigan operatsion tizimlar uchun videoxostingning mobil versiyasida paydo bo‘ladi.
Avvalroq “Spot” “YouTube” VPN orqali ulangan “Premium” obunalarini bekor qila boshlagani haqida yozgandi.
Foydalanuvchilar “Premium” obunani arzonroq narxda taklif qilingan mamlakatni ko‘rsatish uchun joylashuv ma’lumotlarini o‘zgartirish uchun VPN’dan foydalanganlar.