Joriy yilning aprel oyi oxirida Balton Trading Asia ombori qurilmagunga qadar O‘zbekistonda A toifadagi omborxonalar yo‘q edi. CMWP konsalting kompaniyasining qurilish boshqaruvi departamenti loyiha direktori Andrey Shmelkov mahalliy omborxona ko‘chmas mulki bozori, Balton Trading Asia omborining qurilishi, loyihaning o‘ziga xosligi va xalqaro standartlarga muvofiqligi haqida gapirib berdi.
O‘zbekistonda ombor ko‘chmas mulklarini tasniflashda ko‘pincha chalkashliklar yuzaga keladi. Omborxonalarning saqlash joylaridan qanday farqlari bor?
Yaqin vaqtgacha O‘zbekistonda belgilangan xalqaro standartlarga javob beradigan omborxona ko‘chmas mulki bozori deyarli yo‘q edi, shuning uchun A toifaga ham, B toifaga ham, hatto S toifaga ham kirmaydigan obyektlar mavjud. Bugun, afsuski, bozordagi biz saqlash uchun ishlatadigan joylar — aynan aniq tasniflanmaydigan joylardir, shuning uchun biz ularni saqlash joylari deb ataymiz.
Mahalliy omborxona ko‘chmas mulki bozorida o‘sishning asosiy omillari nima?
Birinchidan, bu global savdo bo‘lib, uning doirasida yirik xalqaro o‘yinchilar eksport va import operatsiyalari bilan shug‘ullanadi. Ular ma’lum bir boshqaruv tizimiga asoslangan o‘zlarining tasdiqlangan biznes jarayonlariga ega. Masalan, Balton Trading Asia kompaniyasi MDHda eng keng tarqalgan omborlarni boshqarish tizimlaridan biri bo‘lgan Axelot`dan foydalanadi. Ushbu biznes jarayonlari tovarlarni ombordan samarali yuklash va yakuniy iste’molchiga yetkazib berishga yordam beradi.
Ikkinchidan, aholi soni 40 million kishiga yaqinlashmoqda. Farovonlik juda tez o‘sib bormoqda, odamlar tobora ko‘proq tovarlarni, jumladan, import mahsulotlarni iste’mol qilmoqda. Bu mahsulotlarni qayerdadir saqlash kerak, O‘zbekistonning omborlar bilan ta’minlanganlik darajasi esa nafaqat rivojlangan davlatlar, balki sobiq SSSRning boshqa davlatlaridan ham ancha past.
Mahalliy ombor operatorlari bozor o‘sib borayotganini ko‘ryapti, bozordagi barcha logistika kompaniyalari esa bu kelajak ekanini tushunib, yangi omborxonalar xohlamoqda. Balton Trading Asia bugungi kunda yetakchilikni qo‘lga kiritdi, chunki u O‘zbekistondagi hammaga namuna bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarga ega bo‘lgan eng zamonaviy omborxonalardan birini qurdi.
Nima uchun Balton Trading Asia O‘zbekistonda A toifali ombor qurishga qaror qildi?
Menimcha, Balton Trading Asia bozor tendensiyasida birinchi bo‘lib sezdiki, chet el kompaniyalari komplayens tushunchasiga, ya’ni omborlar ularning talablariga muvofiqligiga juda sezgir. Misol uchun, Balton Trading Asia`ning asosiy hamkorlaridan biri Nestle bo‘lib, u o‘z mahsulotlari saqlanadigan omborlarga juda qattiq talablar qo‘yadi. Boshqa barcha operatorlar ham, u yoki bu yo‘l bilan, bu tendensiyani tushundi va shuning uchun bir xil yuqori sifatli omborlarni qurishni xohlamoqda.
Balton Trading Asia ombori hududida avval nima joylashgan?
Ushbu omborxona o‘rnida o‘tgan asrning 70 yillarida qurilgan qarovsiz korxona — “Pod'emnik” zavodi joylashgan edi. Hech qanday rivojlanish ko‘rmagan klassik tashlandiq hudud.
Ushbu loyihaning o‘ziga xosligi nimada? Birinchidan, bu saqlab qolish mumkin bo‘lgan barcha strukturaviy elementlar — ustunlar va pol trusslarini saqlab qolgan holda qayta qurish namunasidir. Qurilish va atrof-muhitni muhofaza qilish nuqtai nazaridan bu yaxshi, chunki bugun O‘zbekistonda hamma narsani buzib, qurishni tekis yerdan boshlashyapti.
Balton Trading Asia kompaniyasining rekonstruksiya va qurilishga yondashuvi mavjud tuzilmalardan foydalanish orqali pulni tejashga yordam berdi. Sobiq zavod hududidagi barcha daraxtlar qo‘shimcha ko‘kalamzorlashtirilgan holda saqlanib qolganini hisobga olsak, tadbirkorlarning jamiyat oldidagi mas’uliyati nuqtai nazaridan ham bu to‘g‘ri.
Bu ombor avval bozorda ishlatilganlaridan nimasi bilan farq qiladi?
Avvalo, bu to‘xtash joyi tomiga o‘rnatilgan 260 kVt quvvatga ega quyosh panellari. Hozirda ular issiq bo‘lmagan kunlarda shahar elektr tarmog‘idan atigi 30 kVt quvvat sarflaydigan omborning joriy energiya iste’molini deyarli to‘liq qoplamoqda.
Omborda qotib qolgan qoplamali sanoat pollaridan foydalanildi va mahalliy talablar va xalqaro standartlarga javob beradigan ichki stellajli yong‘in o‘chirish tizimi o‘rnatildi.
Sanoat binolari uchun yuqori haroratga chidamli va havo o‘tkazmaydigan, suv oqish xavfini yo‘qotadigan ️tunuka tomdan ham foydalandik.
Bundan tashqari, innovatsion omborlarni boshqarish tizimi sovitish jarayonini avtomatik boshqarish imkonini beradi. Masalan, tunda omborni sovitish uchun kamroq energiya kerak bo‘ladi, kunduzi esa ko‘chadan issiq havo olmaymiz va retsirkulyatsiya uchun quyosh panellari bilan sovitilgan ichki havoni ishlatamiz. Umuman olganda, bu “aqlli” ombor bo‘lib, unaqasini O‘zbekistonda topish qiyin.
Balton Trading Asia`ning yangi ombori yashil standartlarga javob beradimi?
Zamonaviy sanoat binolari uchun juda ko‘p talablar mavjud. Qanchalik ko‘p talablar bajarilsa, sertifikat shunchalik yuqori bo‘ladi. Masalan, Balton Trading Asia ombori BREEAM “yashil” sertifikatiga erishish jarayonida.
“Yashil” qurilish standartining ma’nosi shundaki, ombor odamlar uchun qulay, atrof-muhit uchun xavfsiz bo‘ladi. Bizning holatimizda daraxtlarni saqlash, yomg‘ir drenajlarini tozalash, yomg‘ir suvi balansi, shuningdek, velosiped to‘xtash joyi va transportning mavjudligi, shovqin va issiqlik izolyatsiyasi va boshqalar uchun talablar hisobga olinadi.
Maxsus talab — bu jamoatchilikning roziligi. Masalan, Balton Trading Asia rahbariyati yangi ish o‘rinlari yaratilib, hudud obodonlashtirilayotgani uchun ombor ochilganidan mamnun bo‘layotgan mahalliy aholi bilan aloqalar o‘rnatgan.
Shu tariqa, “yashil” sertifikat omborni qurgan logistika kompaniyasi tabiat, xodimlar va atrofdagi odamlar haqida o‘ylaganini ko‘rsatadi.
Reklama huquqlari asosida.