“Google” “Tarjimon” xizmatiga 110ta yangi til qo‘shdi. Bu haqda “vc.ru” nashri xabar berdi.
Ro‘yxat kanton xitoy, manks va afar, panjob, kekchi va tamazit tillari bilan to‘ldirildi.
Shuningdek, abxaziya, boshqird, buryat, qrim-tatar, komi, osetin, udmurt, chechen, chuvash, chukchi va yakut tillari qo‘shildi.
Endi Tok Pisin kreol tili va Mande tillari uchun yaratilgan Nko yozuv tizimi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu va boshqa yangi tillarda 614 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi.
Sun’iy intellekt modellari “Google Tarjimon"ni, xususan “PaLM 2"ning katta tilini “o‘zlashtirish” va mashina tarjimasida yordam beradi.
Bu, ayniqsa, tilning mintaqaviy variantlari, dialektlari va imlo xususiyatlari juda ko‘p bo‘lgan va yagona “to‘g‘ri” shakli bo‘lmagan hollarda to‘g‘ri keladi.
Sun’iy intellektga asoslangan modellardan foydalanib, Google tarjima qilish mumkin bo‘lgan tillar ro‘yxatini 1000 tagacha kengaytirishga umid qilmoqda.
Avvalroq “Spot” “Google” qidiruv natijalaridan cheksiz aylantirishni olib tashlashi haqida yozgandi.
Uning o‘rniga tugmachali interfeys qo‘shilib, u qidiruvni qulayroq va foydalanuvchilarga natijalarni tezda topishga imkonini beradi.