Issiq ob-havo kuzatilyo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta‘minlash maqsadida, poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, cheklovlar kiritilishi natijasida poyezdlar harakat jadvalidan kechikib harakatlanishi mumkin.
Harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlarda esa sovutish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” o‘z mijozlaridan, anomal issiqlik tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Avvalroq 1-iyuldan mahalliy yo‘nalishlardagi temir yo‘l chiptalari narxi yana oshirilishi haqida xabar berilgandi.
Xususan, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” poyezdlarining chiptalar narxi 25%ga oshmoqda.