Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “AGROS HAYOT SUG‘URTA KOMPANIYASI” litsenziyasini 10 kunga to‘xtatdi.
Kompaniya litsenziyasini to‘xtatish haqidagi qaror 28-iyundan kuchga kiradi, deya ta’kidladi agentlik.
NAPPning qayd etishicha, litsenziya amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish, amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirish ta’qiqlanadi.
Avvalroq NAPP “Paynet Crypto” kripto-depozitariysi va kripto-do‘konining litsenziyasini 10 kunga to‘xtatgandi.
Avvalroq “Spot” NAPP “New Life Sug‘urta” kompaniyasining litsenziyasini bekor qilgani yozgandi.
Agentlik kompaniya ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarini bajarishi kerakligini qayd etdi.