Android’dagi mobil “Google Chrome” endi veb-sahifalarni ovoz chiqarib o‘qiy oladi. Bu ahqda “The Verge” nashri xabar berdi.
“Google Chrome” mobil brauzeri uchun yangilanishni ishga tushirdi.
Bu Android’dagi “Chrome” brauzeridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri veb-sahifani baland ovozda o‘qish imkonini beruvchi “ushbu sahifani tinglash” (Listen to this page) deb nomlangan yangi funskiya taqdim qilindi.
Bu funksiya musiqa pleyerlari yoki podkastlardagi kabi ijro etish boshqaruvlarini qo‘shadi. Foydalanuvchi ijroni to‘xtatib turishi, o‘qish tezligini o‘zgartirishi, oldinga yoki oldinga 10 soniya o‘tkazishi mumkin.
Shuningdek, foydalanuvchi ovoz va tilni o‘zgartirish mumkin. Funksiya bir nechta tillarni, jumladan, ingliz, fransuz, nemis, arab, hind va ispan tillarini qo‘llab-quvvatlaydi.
“Ushbu sahifani tinglash” funskiyasi ilovaning asosiy menyusidagi “Tarjima” bo‘limining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ostida paydo bo‘lishi kerak.
Avvalroq “Spot” “Google” “Chrome” qidiruv paneliga sun’iy intellekt qo‘shilgani haqida yozgandi.
Sun’iy intellekt qidiruv paytida foydalanuvchiga saytlarni taklif qiladigan tizimning ishlashini yaxshilash imkonini beradi.