27 yil davomida Siberian Welness kompaniyasi jahon bozori uchun go‘zallik, salomatlik va sport uchun innovatsion mahsulotlarni yaratib kelmoqda, ularning tarkibida qimmatbaho o‘simliklarning ekstraktlari mavjud. Bu vaqt mobaynida kompaniyaning professional jamoasi inqirozlarni bartaraf etish, uzoq muddatli rejalar tuzish va yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘ldi.
Ushbu kompetensiyalar kompaniya uchun O‘zbekistonda asosiy bo‘lmagan daromad manbasini olish imkonini berdi. Siberian Welness agrobiznesga nafaqat yangi mahsulot, balki yangi ishlab chiqarish klasterini yaratib, ulkan maqsadlar bilan kirdi.
Siberian Welness bog‘lari Farg‘ona vodiysida joylashgan bo‘lib, bugungi kunda ularning maydoni 415 ga‘ni tashkil etadi va muntazam ravishda yangi daraxtlar ekilmoqda. Bog‘larning dizayni O‘zbekiston va Fransiya mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ular organik dehqonchilik tamoyillariga mos keladi. Hududlar tuproq, suv yoki havo ifloslanishining mumkin bo‘lgan manbalaridan olib tashlanadi. Pestitsidlar va gerbitsidlardan foydalanishdan qochish va atrof-muhitni hurmat qilish muhimdir. Mahalliy va Yevropa navlarini tanlash maksimal sifatga erishishga imkon beradi. 2024-yilda optimal xususiyatlarga ega 1000 tonna meva yig‘ish rejalashtirilgan.
Maydoni 4 ga bo‘lgan uchastkalardan birida ishlab chiqarish majmuasi qurilib, unda birinchi marta konsentrlangan meva sharbatlari ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirildi. 2024-yilda biologik faol qo‘shimchalar uslab chiqarish liniyasi ishga tushirildi — Siberian Welness‘ning birinchi mahsulotlari allaqachon O‘zbekistonda sotuvga chiqarilgan.
Pektin ishlab chiqarish liniyasi hozirda montaj bosqichida. Siberian Welness jamoasi pektinni samarali va xavfsiz — atrof-muhitni ifloslantirmasdan ishlab chiqarish imkonini beradigan texnologiyalarni topishga muvaffaq bo‘ldi. Bunday yondashuv Farg‘ona vodiysi ekotizimini saqlashga xizmat qiladi va raqobatdosh ustunlikni taʼminlaydi.
Korxona FSSC 22000 oziq-ovqat xavfsizligining yuqori standarti talablariga javob beradi va ishlab chiqarish majmuasi sertifikatlashdan o‘tkazilmoqda. Siberian Welness kompaniyasining barcha mahsulotlari MDH davlatlari, Turkiya, Ko‘rfaz arab davlatlari, Malayziya va Indoneziya standartlariga muvofiq “Halol” sertifikatlariga ega. Shuningdek, bog‘lar Global G.A.P standartiga muvofiq sertifikatlangan. Ayni paytda Siberian Welness O‘zbekistonda ushbu sertifikatning yirik egasi hisoblanadi, u qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifati va xavfsizligini kafolatlaydi.
To‘rt yil davomida korxonada nafaqat ishlab chiqarish majmuasi, balki kommunikatsiyalar o‘rnatildi, quduqlar qazildi, suvni tozalash tizimi o‘rnatildi — bularning barchasi tabiiy resurslarni tejash imkonini bermoqda. Siberian Welness shuningdek, ish o‘rinlari, infratuzilma yaratadi va mahalliy fermerlar bilan faol ishlaydi. Bu esa loyihani butun mintaqa uchun ijtimoiy ahamiyatga ega qiladi.
Telefon: (+998) 78−113−87−67.
Sayt: siberianhealth.com
Facebook: fb.com/siberianwellnessuzbekistan
Instagram: @siberianwellness_uzbekistan
Telegram: t.me/swuzbekistan
Reklama huquqlari asosida.