“YouTube” videoxostingi yangi funksiya — “hayp” tugmachasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda “People Talk” nashri xabar berdi.
“Bu kam ma’lum bo‘lgan kanallarning trendga aylanishiga yordam berishi kerak”, — deyiladi “Google” qo‘llab-quvvatlash saytidagi xabarda.
Biroq ba’zi cheklovlar mavjud bo‘lib, faqat so‘nggi yetti kun ichida kanalda chiqarilgan videolarga “hayp” tugmasini qo‘yishga ruxsat beriladi. Shuningdek, kanalda yarim milliondan kam obunachi bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, “YouTube” ishlab chiquvchilari ushbu xususiyat qidiruv va aniqlash tizimi uchun qo’shimcha ko’rsatkich sifatida ishlatilmasligini ta’kidlashadi.
O‘zgarishlar yangi iste’dodlarni kashf etishda yordam berishi rejalashtirilgan. Sinovlar allaqachon Braziliya, Turkiya va Tayvanda bo‘lib o‘tmoqda.
“YouTube"ning ta’kidlashicha, yangi funksiya hali ham o‘z auditoriyasini to‘playotgan unchalik taniqli bo‘lmagan kontent yaratuvchilari uchun mo‘ljallangan.
Funksiyadan foydalangan holda targ‘ib qilingan videolar umumiy bo‘limda paydo bo‘ladi va “Trend” bo‘limidan ajratiladi.
Kelajakda “YouTube” dasturchilari ushbu yangilik mavjud bo‘ladigan foydalanuvchilar sonini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Hozircha funksiya pullikmi yoki bepulmi, aniq emas.
Avvalroq “Spot” “YouTube"da uyqu taymeri funskiyasi paydo bo‘lishi haqida yozgandi.
Funksiya foydalanuvchiga uyquga ketishdan oldin videoni to‘xtatadigan vaqtni belgilash imkonini beradi.
Hozirda uyqu taymeri funksiyasi faqat Android uchun “YouTube"ning beta-versiyalarida ishlaydi: